Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Rossiya va Samarqand olimlari bilan ilmiy muloqot bo‘lib o‘tdi

Rossiya va Samarqand olimlari bilan ilmiy muloqot bo‘lib o‘tdi

12.03.2026 at 15:18Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuot261 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Analitik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Rodin Igor Aleksandrovich, ushbu kafedra dotsenti, kimyo fanlari doktori Baygildiyev Temur Muratovich, shuningdek Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori Xamza Trobov, kimyo fanlari doktori Alisher Ishankulov tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut rektori Sherzod Urakov bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusida hamkorlikda olib borilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida institutning kimyo va biologiya yo‘nalishlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ilmiy seminar ham tashkil etildi. Seminar davomida kimyo fanining dolzarb masalalari, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Mazkur uchrashuv va ilmiy seminar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

More photos6

Share: