Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo‘rg‘onning zabardast shoiri – Nojiy

Kattaqo‘rg‘onning zabardast shoiri – Nojiy

01.06.2026 at 16:13YangiliklarMatbuot261 min read

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Kattaqo‘rg‘onning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda adabiy hayotida munosib o‘rin egallagan ma’rifatparvar shoir Qori Muhammad Rasul Zubaydullohxo‘ja o‘g‘li Nojiy 1895-yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. U 6–7 yoshlaridayoq savod chiqarib, keyinchalik shoir Noqis va boshqa ustozlardan ta’lim olgan. Nojiy taxallusi bilan ijod qilib, ko‘plab she’rlar, g‘azallar, muxammaslar, fardlar, nasihatnomalar va tazminlar yaratgan. Shoir 1989-yilda vafot etgan bo‘lsa-da, uning boy adabiy merosi bugungi kunda ham o‘z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
Nojiyning farzandi Abdulaziz Zubaydullayev tomonidan shoir qoldirgan she’rlar, g‘azallar, muxammaslar, fardlar, nasihatnomalar va tazminlar jamlanib, nashrga tayyorlangan. Bu ezgu sa’y-harakatlar adib merosini kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Nojiy xonadonida bo‘lib, shoirning farzandi Abdulaziz Zubaydullayev bilan samimiy suhbat qurdilar. Uchrashuv davomida Nojiyning hayoti, ijodiy faoliyati, adabiy merosi hamda uning asarlarini keng jamoatchilikka yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shoir qoldirgan ma’naviy xazinaning ahamiyati alohida e’tirof etilib, uni o‘rganish va targ‘ib etish bugungi avlodning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Files

Share: